"Tottenxem" Pulishich uchun kurashga qo‘shildi
Londonning “Tottenxem” klubi skautlari "Borussiya D" va "Monako" uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib borishdi.
Britaniyalik jurnalistning ma’lum qilishicha “shporlar” dortmundliklarning 18 yoshli futbolchisi Kristian Pulishichni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Pulishich joriy mavsum Bundesliganing 24ta turida maydonga tushgan (12tasida asosiy tarkibda) va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 5ta golli uzatmaga yozdirib qo‘yishga erishgan.
Mbappening dubli "Monako"ga "Borussiya D" ustidan g‘alaba keltirdi
Pulishich: Chempionlar ligasidagi dastlabki golimni kiritganimdan hursandman (video)

Fikrlar