“Tottenxem” qadrdon futbolchidan voz kechdi

  • 31 mart, 2021, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqingacha “Tottenxem”ning eng asosiy futbolchisi hisoblangan Dele Alli yozda London klubini tark etishi kutilmoqda.

Tecno

Joze Mourino “Tottenxem”ni qabul qilib olganidan keyin bu jamoaning bir necha futbolchisi bilan orani buzdi. Xususan, Angliyaning eng yaxshi yarim himoyachilaridan hisoblangan Alli ham portugaliyalik mutaxassisga yoqmay qoldi. Natijada asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotdi.

“Tottenxem” rahbariyati o‘tgan yili futbolchining ketishiga ko‘l qo‘ymadi. Mourino esa uni etarli darajada o‘ynatmaydi. Endi klub mahorati pasaygan Dele Allining sotib yuboradigan bo‘lyapti.

Klub jamoada o‘rnini yo‘qotgan 24 yoshli futbolchini 30 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor. Futbolchi ham tezroq boshqa jamoaga o‘tib, yana yuqori darajaga ko‘tarilmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!