
"Tottenxem" Songa yangi shartnoma taklif qiladi
"Tottenxem" klubi rahbariyati koreyalik hujumchi Son Xin Minni tarkibda saqlab qolmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “shporlar” 28 yoshli futbolchiga 2025 yilga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Aytish lozimki, tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2023 yilga qadar imzolangan.
Son joriy mavsum “Tottenxem” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar