
"Tottenxem" yana bir etakchisidan uzoq muddatga ayrildi
“Tottenxem” klubi forvardi Son Xin Min APLning 26-turida “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Londonliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli koreyalik futbolchi shu kuni o‘ng qo‘lini sindirib olgan. Shu sabab u joriy hafta jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi.
The Athletic nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Son taxminan 6-8 hafta maydonga tusholmaydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “shporlar”ning boshqa bir etakchisi Xarri Keyn ham operatsiya qilingan edi. U taxminan aprelda safga qaytishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Son joriy mavsum “Tottenxem” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar