“Tottenxem”da isyon. Fanatlar jumbushga keldi!

  • 24 aprel, 2021, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem”da norozilik kayfiyati ortib bormoqda. Klub muxlislari guruhi a’zolarining aksariyati ijro kengashining iste’foga ketishini talab qilmoqda.

Tecno

Noroziliklarning kelib chiqishiga “Tottenxem” rahbariyatining Evropa Superligasining tashkil etilishiga bosh qo‘shgani sabab bo‘ldi.

- Biz “Tottenxem Xotspur” klubining ijro kengashining darhol iste’fo berishini talab qilamiz. Klub xo‘jayinlari yangi kengashni tuzishda biz bilan maslahatlashsin va kengashga bizdan vakil kiritilsin. Bu rasmiy talab va biz bu haqda klub boshqaruvini ogohlantirganmiz.

Klub rahbariyatining asosiy mas’uliyati jamoa manfaatlarini inobatga olgan holda faoliyat yuritishdan iborat bo‘lishi kerak. Hozirgi ijro kengashi jamoaga qarshi ishlayapti. Shu ketishda klubga bo‘lgan ishonch umuman so‘nadi. Hozir klub rahbariyatining muxlislar bilan munosabati buzilgan. Ijro kengashining iste’foga chiqarilishi vaziyatni o‘nglashdagi birinchi qadam bo‘ladi, - deyiladi “Tottenxem” muxlislari guruhi bayonotida.

Avvalroq, klub rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourinoni iste’foga chiqargan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!