"Tottenxem"da Mourinodan tashqari yana qaysi murabbiyning nomzodi bor edi?

  • 21 noyabr, 2019, 13:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi rahbari Deniel Levi bosh murabbiy Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqargach, uning o‘rniga dastlab “Lester” bosh murabbiyi Brendan Rojersni olib kelmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” xo‘jayini dastlab bosh murabbiy lavozimiga 46 yoshli shimoliy irlandiyalik mutaxassisni taklif etmoqchi bo‘lgan, biroq u “Lester”ni tashlab ketishni xohlamagan.

Shundan so‘ng Levi jamoaga ishsiz yurgan Joze Mourinoni taklif etgan.

Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” ayni damda APL musobaqa jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!