"Tottenxem"da yozgi tozalanish: Sonning nomi ham ro‘yxatda

  • 3 iyun, 21:09
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumchi Son Xyon Min yozgi transferlar oynasida "Tottenxem"ni tark etishi kutilmoqda. Bu haqda "The Telegraph" o‘z sahifalarida xabar berdi. 
 
Manbalarga ko‘ra, Son bilan xayrlashuv "Tottenxem" jamoasini yozgi qayta shakllantirish rejasining bir qismi bo‘lishi mumkin. Janubiy koreyalik forvardning amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan bo‘lib, "shporlar" o‘z sardori transferidan daromad olishi mumkin. Songa Saudiya Arabistonining bir necha grand klublaridan qiziqish bildirilmoqda. 
 
Son Hyon Min londonliklar safida o‘n mavsumni o‘tkazdi. Bu davr mobaynida hujumchi 454 ta o‘yin o‘tkazib, 173 ta gol urdi va 101 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali 32 yoshli Sonning qiymatini 20 million evroga baholamoqda.

Tecno

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!