
“Tottenxem”ning eng qimmat o‘yinchisi jamoadan ketmoqchi
“Tottenxem” tarixida eng qimmat transfer qilingan Tangi Ndobele asosiy tarkibga kira olmayotgani uchun jamoani tark etishni maqsad qildi.
Londonliklar bu futbolchi ikki yil muqaddam 60 million evroga”Lion”dan sotib olgan edi. O‘tgan mavsumda sobiq bosh murabbiy Joze Mourino bilan chiqisha olmagan frantsiyalik yarim himoyachi yangi murabbiy Nunu Eshpiritu Santuning ham ishonchini qozona olmayapti.
Santu ham Ndombele xizmatidan foydalanishni rejalashtirmayapti va o‘yinda maydon markaziga boshqa futbolchilarni maydonga tushirmoqda.
Ndombele o‘tgan mavsumda 33 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga uchta to‘p va ikkita assist yozdirib qo‘ygan edi.
Fikrlar