Totti qaysi futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni xohlar edi? (FOTO)

  • 1 may, 2020, 01:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi va Italiya terma jamoasi afsonasi Franchesko Totti “yangi Pirlo” deb nom olgan "Breshiya" yarim himoyachisi Sandro Tonali haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Tonali mening jamoamda o‘ynashi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilardim. Menimcha, u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanadi. Unda mukammal futbolchida bo‘lishi kerak bo‘lgan hamma narsa bor: texnik va aqliy qobiliyati yaxshi, har qanday vaziyatda ham xavfli”, - deydi Totti.

tonali_1

19 yoshli Tonali joriy mavsum “Breshiya” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 31,5 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!