Totti "Roma"dan qanday va nima uchun ketgani haqida gapirdi

  • 5 iyul, 2023, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma"ning afsonaviy hujumchisi Franchesko Totti poytaxt klubini qanday tark etgani haqida gapirib berdi.

Tecno

“Roma”ni tark etish men uchun juda qiyin bo‘ldi. Bu qaror haqida bir necha oy o‘yladim. Men endi loyihaning bir qismi emas, aksincha, men ularning yuzi edim. Men uchun esa bu etarli emasdi. Men klub faoliyatiga aralashayotganimni angladim, menga o‘z fikrimni bildirishga ruxsat berilmadi.

"Roma"ni tark etgandan ko‘ra o‘lganim afzal. Men hech qachon klubni o‘z xohishim bilan tark etaman deb o‘ylamagan edim. Chunki bu mening oilam edi", - dedi "Imperator" Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Totti butun faoliyatini "Roma"da o‘tkazgan. U 1993 yildan 2017 yilgacha Rim jamoasining sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!