Transfer huquqi "Chelsi"ga tegishli bo‘lgan himoyachi "Brayton"da qolishi mumkin

  • 1 iyun, 2023, 23:19
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Brayton" "Chelsi" futbolchisi Levi Koluillni sotib olishga harakat qilmoqda. Klub londonliklarga ilk taklifni jo‘natdi. Unga ko‘ra "chaykalar" himoyachisi uchun 30 million evro to‘lamoqchi. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar berdi. 

Manbaning ta’kidlashicha, "aristokratlar" mazkur taklifni rad qildi. Koluillning o‘zi asosiy tarkibga kirish uchun urinib ko‘rmoqchi.  mavsum boshida "Brayton"ga ijaraga berib yuborildi. U De Zerbi qo‘l ostida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta assist amalga oshirdi. 

Ta’kidlash joiz, 20 yoshli himoyachi "Chelsi" akademiyasidan chiqqan bo‘lib, u hali kattalar jamoasida debyut qilmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!