Transferlar borasida tinim bilmayotgan "Atletiko" Eriksenga ham ko‘z tikmoqda va uning uchun 70 mln evro to‘lashga tayyor

  • 20.07.2019 14:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

"Bein Sports" xabar qilishicha, Ispaniyaning "Atletiko"si Londonning "Tottenxem" klubi a’zosi Kristian Eriksen uchun 70 mln evro taklif qilmoqchi.

Futbolchi "Tottenxem"dan ketish istagini bildirgandan so‘ng, daniyalikning agenti yangi jamoa qidirishga harakat qilmoqda, ammo aniq takliflar bo‘lmadi. Bungacha Madridning yana bir klubi "Real" ham ushbu yarim himoyachiga qiziqish bildirayotgandi.

27 yoshli Eriksen o‘tgan mavsum APLda 35 uchrashuvni o‘tkazdi va 8 ta gol urib, 12 bor golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!