Tripper bu yoz APLga qaytmaydi
Angliyalik himoyachi Kiran Tripper bu yoz Angliya premer ligasiga qaytmasligi mumkin. AS nashri xabariga ko‘ra, "Atletiko" rahbariyati bu yoz u bilan xayrlashish fikridan qaytgan.
Avvalroq, Londonning "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublaridan Kiranga qiziqish borligi ma’lum bo‘lgan edi. Vaqt o‘tishi bilan "qizil iblislar" futbolchi uchun kurashdan voz kechishdi.
"Kanonirlar" esa uning transferi uchun 40 million evro taklif qilishdi. Bu taklif "matraschilar"ni qanoatlantirmadi. Madrid grandi Tripperni kamida 60 mln evroga sotishni reja qilgan edi. "Atletiko" hozircha hech qanday yangi taklif olmagan.
Kiranning Ispaniya chempioni bilan imzolagan amaldagi kelishuvi 2023 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.



Fikrlar