“Tsementchi” Turkiya safaridan qaytib keldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston birinchiligida yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan xolda  Birinchi liga peshqadami Quvasoyning “Tsementchi” jamoasi 11 iyul kuni Turkiya davlatining Antaliya shaxriga jo‘nab ketgan edilar.

Jamoa a’zolari aytish mumkinki, bir xafta davomida O‘rta er dengizi soxillarida ko‘ngildagidek dam olib, har doimgidanda yuqori kayfiyat bilan xordiq chiqardilar. Jamoa a’zolari kecha yarim tunda Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Endi barcha futbolchilar ertaga o‘z klub qarorgoxida yig‘iladilar va  ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlaydilar. 

Yig‘in davomida nazorat uchrashuvlari o‘tkazilishi va jamoaga bir qator yangi futbolchilar taklif etilishi rejalashtirilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!