"Tsementchi"ning "Viloyat Xokim kubogi-2018"dagi o‘yinlari ma’lum
“Xokim Kubogi” musobaqasida “Tsementchi” “A” guruxidan joy oldi, deya klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xar yili ana’naviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan viloyat “Xokim Kubogi” musobaqasiga bu yil 28-yanvar kuni start beriladi. Ushbu turnir jamoalarning mavsum oldi tayorgarligi uchun judayam muxim baxs xisoblanadi. Turnirda Superliga va pro-liga futbol klublari ishtirok etadi.
Bu yilgi musobaqada“Tsementchi” “A” guruxidan joy olgan bo‘lib ushbu guruxda “Navbaxor”, “Neftchi”, “Qo‘qon-1912”, “Mash’al” xamda “Istiqlol” jamoalariga qarshi baxs olib boradigan bo‘ldi. "Tsementchi" dastlabki yurishini 28-yanvar kuni Namanganning “Navbaxor” jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi!
Marxamat "Tsementchi"ning barcha uchrashuvlari anonsi bilan tanishing.
1-tur. 28-yanvar 2018 yil, FarDU stadioni
Soat – 15:00 da - “Tsementchi” – “Navbaxor”
2-tur. 30-yanvar 2018 yil, FarDU stadioni
Soat – 11:00 da - “Tsementchi” – “Qo‘qon-1912”
3-tur. 1-fevral 2018 yil, “Neftchi” SK stadioni (Kirgili)
Soat – 15:00 da - “Neftchi” - “Tsementchi”
4-tur. 3-fevral 2018 yil, FarDU stadioni
Soat – 11:00 da - “Tsementchi” – “Istiqlol”
5-tur. 5-fevral 2018 yil, FarDU stadioni
Soat – 11:00 da - “Mash’al” - “Tsementchi”

Fikrlar