TsSKA Fayzullaevni qo‘yib yubormoqchi emas

  • 6 dekabr, 2024, 20:16
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKA legionerimiz Abbosbek Fayzullaevni jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Moskva klubi 21 yoshli futbolchiga yaxshilangan shartlar asosida yangi mehnat shartnomasini taklif qilmoqda. Bu haqda Metaratings xabar bermoqda.  

Tecno

Fayzullaev TsSKAga 2023 yil avgust oyida "Paxtakor" safigan kelib qo‘shilgan edi. Shu vaqt mobaynida u rasman 54 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta gol urishga va 20 ta golli pas berishga muvaffaq bo‘lgan.  

Abbosbek Fayzullaevning amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Hozirda TsSKA Rossiya Premer-ligasi turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!