TsSKA vakili Fayzullaev transferi bo‘yicha yangilik aytdi

  • 27 iyul, 20:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKAning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Kirill Breydo legionerimiz Abbosbek Fayzullaevning "Istanbul Bashakshehir"ga o‘tish jarayoni haqida gapirdi.

Tecno

"Abbos tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, u Istanbulda. Klublar to‘lov bo‘yicha kelishuvni yakunlamoqda", - deya Breydoning so‘zlarini keltiradi Sport24 muxbiri Andrey Babich.

Kelishuv qiymati 7,5 millio‘n evroni tashkil etishi kutilmoqda. Turk klubi barcha summani "armiyachilar"ga birdaniga jo‘natadi.

21 yoshli Abbosbek o‘tgan mavsumda TsSKA safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!