
"Turkish Open"da qatnashadigan taekvondochilar ertaga Turkiyaga uchib ketishadi
3 fevral kuni Turkiyaning Istanbul shahrida taekvondo bo‘yicha an’anaviy "Turkish Open" musobaqasi bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.
Ertaga, 1 fevral kuni soat tonggi 7:40da terma jamoamiz delegatsiyasi HY271 Toshkent-Istanbul reysi bilan Turkiyaga uchib ketadi.
"Turkish Open" musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan taekvondochilar ro‘yxati:
-58 kg - Ulug‘bek Rashitov
-68 kg - Jasurbek Jaysunov
-74 kg - Xojiakbar Zokirov
-80 kg - Nikita Rafalovich
+87 kg - Dmitriy Shokin
-49 kg - Madinabonu Mannopova
+73 kg - Svetlana Osipova
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi 2014-2019 yillar davomida "Turkish Open" musobaqasida jami 14 ta oltin, 7 ta kumush va 10 ta bronza, jami 31ta medalni qo‘lga kiritgan.
Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar