
Turkiya Evro-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbuldagi "Ali Sami Yen" stadionida kechgan uchrashuv nursiz durang bilan poyoniga etdi - 0:0. Mazkur durang mezbonlarning Evro-2020 final bosqichiga yo‘llanma olishi uchun etarli bo‘ldi. Turklar o‘z ochkolari sonini 20 taga etkazgan holda o‘z guruhlarida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
2-o‘rindagi Frantsiya hisobida esa 19 ochko mavjud. Dide Desham shogirdlari bugun Moldova terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Turkiya – Islandiya 0:0 (0:0, 0:0)
Turkiya – Gyunok, Chelik (Bayram, 90), Seyundjyu, Merash, Demiral, Tufan, Yokushlu, Chalxanoglu (Ayxan, 87), Tekdemir, Under (Yaziji, 81), Yilmaz.
Islandiya – Xalldoursson, Arnason, Skulason (Anderson, 85), Sigurdsson, Paulsson, Traustason (Magnusson, 63), Sigurdsson, Byarnason, Sigtorsson, Finnbogason (Sigurdsson, 24), Bedvarsson.
Ogohlantirishlar: Tufan (8), Traustason (35), Yokushlu (82), Sigtorsson (83), Chelik (90).
Fikrlar