Turkiya Superligasi. "Rizespor" minimal hisobda zafar quchdi. Husniddin Aliqulov esa jarohat oldi
Turkiya Superligasining 5-turidan o‘rin olgan "Rizespor" - "Genchlerbirligi" jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda maydon egalari 1:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Hamyurtimiz Husniddin Aliqulov 90+2-daqiqada jarohat olib, zaxira o‘rindig‘iga olindi. Uning jarohati qanchalik jiddiyligi esa dastlabki tekshiruv natijalaridan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
3 ochko taqdim etilgan golga esa 90+3-daqiqada Emredjan Bulut mualliflik qildi.
- Turkiya - Super Liga
- Joriy Mavsum
Rizespor
- Emrecan Bulut 90'
Tugadi
1
:
0
15.09.2025 22:00
Fikrlar