Turkiyada 21 kompaniya Muḥammad Saloḥ sababli muammoga duch keldi
Turkiyada 21 ta kompaniya Mohamed Saloҳning ismi va suratidаn reklama kampaniyalarida ruxsatsiz foydalanаgаni uchun sud da’volariga duch keldi. Da’volarning umumiy qiymati 900 ming evrodan oshib ketgani xabar qilinmoqda.
Bundan avval «Trabzonspor» klubi mahalliy kompaniyalar va do’konlarga rasmiy ravishda murojaat qilib, Saloҳning ismi va qiyofasini reklama yoki tijoriy aksiya-larda tegishli ruxsatnomalarsiz ishlatish mumkin emasligini eslatgan edi.
61saat nashri ma’lumoticha, bunday ogohlantirishga sabab Misrlik futbolchining manfaatlarini himoya qiladigan Britaniya kompaniyasining yuridik murojaati bo’lgan. Ogohlantirishdan so’ng ayrim tadbirkorlar vitrinаlаrdan va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan Saloҳga oid reklama materiallarini olib tashlashgan. Biroq bu choralar ularni sud jarayonlaridan asrab qolmagan.

Fikrlar