Turkiyada chempion nomi muddatidan avval ma’lum bo‘ldi

  • 31 may, 2023, 06:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Galatasaroy" muddatidan avval Turkiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Okan Buruk shogirdlari bugun "Anqaragyujyu"ni (4:1) mag‘lub etib, turning chempionlikni kafolatladi. Ayni dam ular ikkinchi o‘rindagi "Fenerbaxche"dan 5 ochko oldinda.

Oxirgi marotaba istanbulliklar 2018/19 yilgi mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgandi. Ular Turkiya Superligasida jami 23 ta g‘alabaga erishdilar - bu mamlakat tarixidagi rekord natija hisoblanadi. Shuningdek, "Fenerbaxche" 19 marta, "Beshiktosh" 16 marta chempion bo‘lgan.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!