
Turkiyada "Emir" nomi bilan mashhur o‘zbek jangchisining navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum (Video)
31 mart kuni Turkiyaning Antaliya shahri o‘ziga xos MMA kechasiga mezbonlik qiladi. RAGE promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu jang kechasida o‘zbekistonlik Humoyun Ibragimov ham oktagonga ko‘tariladi. U mezbonlar vakili Ensayir Akbayirga qarshi jang qiladi.
Turkiyada "Emir" nomi bilan mashhur ushbu yurtdoshimiz 26 fevral kuni KFL (Kadirov Fighting Liga) promousheni tashkil etgan jang kechasida eronlik Amirhusayn Orifiga qarshi oktagonga ko‘tarilib, g‘alaba qozongan va 65.8 kg vazn toifasi chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.
Biz ushbu hamyurtimiz bilan bog‘lanib, ushbu jangi va bu qanday maqomda bo‘lishi haqida ma’lumot oldik.
- Bizga ushbu promoushendan taklif bo‘ldi va jangni qabul qildik. Agar, jangda g‘alaba qozonsam, navbatdagisi chempionlik kamari uchun bo‘ladi. Ya’ni o‘rtaga KFL hamda RAGE promousheni kamarlari tikiladi. O‘ylaymanki, mazkur bahsda g‘alaba qozonib, yurtdoshlarimizni xursand qilgan holda, navbatdagi jangimda mazkur promoushenning chempionlik kamarini ham qo‘lga kiritishga harakat qilaman.
Fikrlar