
Turning markaziy bahsi oldidan: "Paxtakor" o‘zaro o‘yinlarda yaqqol ustun!
Superliganing 23-tur markaziy o‘yinida "Paxtakor" Jizzaxda "So‘g‘diyona" mehmoni bo‘ladi.
Ayni paytda Superligada dastlabki ikki pog‘onani egallab turgan jamoalar - "So‘g‘diyona" va "Paxtakor"ning o‘zaro to‘qnashuvi ikkinchi davradagi eng ahamiyatli bellashuvlardan birini taqdim etadi. Shu sababli mazkur bahsning keskin kechishini kutish mumkin. Jamoalar safida diskvalifikatsiyaga uchragan futbolchilar yo‘q.
Milliy chempionatlar doirasida o‘zaro 51 uchrashuv bo‘lib o‘tgan. 41 bellashuvda "sherlar" g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 5ta o‘yinda durang qayd etilgan va 5 bahsda "bo‘rilar"ning g‘alabasi qayd etilgan. 125 gol urgan "Paxtakor" o‘z darvozasidan 39 to‘p o‘tkazib yuborishgan. Toshkent klubining eng yirik g‘alabalari 6:1 va 5:0 hisoblarida kuzatilgan. Jizzaxdagi o‘yinlarning 18tasida "sariq-ko‘klar" muvaffaqiyatga erishgan. To‘rt marta mezbonlarning qo‘li baland kelgan va uch bor durang natija qayd etilgan.
"So‘g‘diyona" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 24 oktyabr, yakshanba kuni soat 16:00da "So‘g‘diyona" stadionida boshlanadi.
Fikrlar