Turning markaziy o‘yini! Katta ustunlik "Paxtakor"da, lekin...

  • 01.05.2022 09:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AGMK jamoasi navbatdagi o‘yinni chempionatning amaldagi chempioni - "Paxtakor"ga qarshi safarda o‘tkazadi.

"Paxtakor" yaqindagi OChL guruh bosqichini Saudiya Arabistonida o‘tkazib, unda muvaffaqiyatsiz qatnashib qaytdi. Amaldagi chempion bilan bo‘ladigan o‘yinga AGMK yaxshi kayfiyatda taraddud ko‘rmoqda. "Qo‘qon-1912" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng AGMK ushbu muvaffaqiyatli odimni davom ettirgan holda turnir jadvalidagi mavqeini yanada yaxshilashga urinadi.

"Paxtakor" va AGMK jamoalarining o‘zaro o‘yinlar statistikasiga ko‘ra, barcha musobaqalarda o‘tkazilgan jami 31 uchrashuvda "Paxtakor" 23 g‘alabani tantana qilgan, AGMK esa 5 marotaba "paxtakorchilar"dan ustun kelgan. Qolgan 3 bellashuvda g‘olib nomi aniqlanmay durang qayd etilgan. To‘plar nisbati: 62-21, "Paxtakor" foydasiga.

"Paxtakor" safida diskvalifikatsiya sabab Ikrom Aliboev o‘yinni o‘tkazib yuborsa, AGMKdan yoshlar birinchiligi doirasidagi o‘yinda maydondan chetlatilgan Nodir Abdurazzoqov bahsda ishtirok etolmaydi.

Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, OChL doirasidagi o‘yinda jarohatlangan Dragan Cheran 2 may kungi uchrashuvga qadar jarohatidan tiklana olmaydi.

AGMK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!