Turnirda g‘olib chiqsak, "Parij-2024"da qaysi guruhdan joy olamiz?

  • 29 aprel, 2024, 21:49
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Indoneziya - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

68-daqiqada Husayn Norchaev hisobni ochgan bo‘lsa, 86-daqiqada raqib futbolchisi Pratama Arxan o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Shuningdek, 84-daqiqada Rizki Ramadani Jasur Jaloliddinovga nisbatan ishlatilgan fol uchun qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. 

Finalga yo‘l olgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi hal qiluvchi bahsda g‘olib chiqsa, "Parij-2024"da "D" guruhidan joy oladi. Vitse-chempion bo‘lsak, "C" kvartetida pley-off uchun kurash olib boradi. 

Qayd etish lozim, O‘zbekiston terma jamoasi 3 may kuni Yaponiya - Iroq juftligi g‘olibi bilan finalda maydonga tushadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!