"Turon" "Qo‘qon-1912"ga yutqazdi, yana bir murabbiy ketdi

  • 31 may, 2021, 22:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada g‘alabasiz seriyasini davom ettirayotgan debyutant – “Turon” klubi ham o‘z lagerida chempionatning navbatdagi turiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Islom Ismoilovning iste’fosidan keyin endi uning dadasi – Murod Ismoilov ham “Turon” bilan xayrlashdi. Bunga qadar u yoshlar jamoasini boshqarib kelayotgandi.

Tecno

Polshalik murabbiy qo‘l ostida shug‘ullanayotgan “Turon” jamoasi kuni kecha “Qo‘qon-1912”ga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etdi. Mazkur o‘yinda 0:1 hisobida qo‘qonliklarning qo‘li baland keldi. Qizig‘i, ushbu klublar ishtirokida chempionatning 1-tur doirasida “Turon” maydonida bo‘lib o‘tgan o‘yinda ham “Qo‘qon-1912”ning qo‘li baland kelgan – 1:2.

Rejaga ko‘ra, “Turon” 5, 9 hamda 12 iyun kunlariga ham o‘rtoqlik uchrashuvlari mo‘ljallanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!