"Turon" yangi futbolchi bilan kelishuvga erishdi

  • 22 iyul, 2021, 13:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni kunlarda poytaxtimiz Toshkent shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borayotgan Igor Shkvirin bosh murabbiyligidagi "Turon" safiga yana bir iqtidorli futbolchi qo‘shildi.

Faoliyati davomida “Bunyodkor”, “Qizilqum”, “Andijon” kabi klublar safida harakat qilgan qanot himoyachisi Sunnatilla Abdullajonov bugun “Turon” bilan rasman shartnomaga imzo chekdi.

turon2_3

Ma’lumot uchun, iqtidorli himoyachi joriy mavsumning birinchi qismini Toshkentning “Bunyodkor” klubi safida o‘tkazdi va Superliganing 8 ta uchrashuvida maydonga tushdi.

“Turon” futbol klubi Sunnatilla Abdullajonovning jamoadagi faoliyatida muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaydi.

"Turon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!