"Turon"ga Germaniyada ishlagan murabbiy keldi
Xabaringiz bor, avvalroq "Turon" klubida evropalik mutaxassis ish boshlashi haqida ma’lumot bergandik.
Kutilgan mutaxassis Vadim Barnich bilan bugun rasman shartnoma imzolandi va u yaypanliklar safida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy lavozimida ishlashi kelishib olindi.
Asli kelib chiqishi Latviya davlatidan bo‘lgan mutaxassis bunga qadar 5 yil davomida Germaniyaning "Fortuna Dyusseldorf" klubi murabbiylar shtabida ishlagan.

Fikrlar