"Turon"ni bir qator futbolchilar tark etdi
Xabaringiz bor, joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan asosiy tarkib jamoamiz vakillari 19 dekabr kunidan bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov qo‘l ostida qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga kirishishdi.
Yangi mavsum oldidan shartnomasi yakuniga etgan bir qator futbolchilarga ruxsat berildi.
Jumladan, Doniyor Ismoilov, Akmal Tursunboevlar klubimiz bilan do‘stona xayrlashishdi. Shuningdek, ortda qolgan mavsum davomida jamoamiz tarkibida ijara asosida to‘p surgan Sardor Telyakov, Mirzohid Mirzamahmudov, Nizomiddin Ziyovutdinov va Sardor Abdunabievlar ham shartnoma muddati yakuniga etgani bois o‘z klublariga qaytishdi, - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Fikrlar