"Turon"ning joriy mavsumdagi natijalari haqida faktlar
Pro-ligada peshqadamlik qilayotgan va Superligaga qaytish uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblangan “Turon” klubi matbuot xizmati jamoaning ortda qolgan 13 ta tur yakunlariga ko‘ra qayd etgan ayrim statistik ma’lumotlarini e’long qildi.
- “Turon” ortda qolgan 13 ta turda 10 ta g‘alaba, 1 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan xolda jami 31 ochko jamg‘ardi.
- “Turon” raqiblar darvozasini 23 bor ishg‘ol qildi va 9 ta to‘p o‘tkazib yubordi.
- “Turon” safida kiritilgan gollarga Xumoyun Murtozaev (11 ta) A’zamjon Aliev (3 ta), Azizbek Ibragimov (2 ta), Sardor Abduraimov (1 ta), Abdulazizxon Abdurashidov (1 ta), Abdug‘ani Kamolov (1 ta), Marlen Chobanov (1 ta), Mirzohid Mirzamahmudov (1 ta), Siyovush Xabibulloev (1 ta), Jasurbek O‘rinov (1 ta) lar mualliflik qildi.



Fikrlar