"Turon"ning sobiq ustozi Shkvirin haqida: "Yangi murabbiyga jamoaning o‘yini va natijasiga qarab baho beriladi"

  • 25 iyun, 2021, 16:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kuni kecha “Turon” klubiga yangi bosh murabbiy sifatida Igor Shkvirin tayinlandi. Shunday qilib, birinchi davra hali yakuniga etmasidan bu jamoada bosh murabbiy rolida Islom Ismoilov, Boguslav Baniak va mana endi Igor Shkvirin  ishlamoqda.

Tecno

Debyutant klubni Superligaga olib chiqqan va 8-turdan keyin iste’foga chiqqan Ismoilov Igor Shkvirinning “Turon” ustozi sifatida ishga kirishganiga munosabat bildirdi.

- “Turon” hali ham Superligada g‘alaba qozongani yo‘q. Lekin jamoa va uning tarkibi yomon emas. Doim ham yaxshi futbolchilar bilan natijaga erishishning o‘zi qiyin bo‘ladi. Bunga ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Bu futbol va shunisi bilan ham qiziq. Chunki unda kutilmagan holatlar bo‘lib turadi.

Igor Shkviringa kelsak, uni Olmaliqdagi yorqin faoliyati bilan ham yaxshi bilamiz. Tajribali mutaxassis. Orada ancha vaqt ishlamadi. Balki shu vaqt mobaynida o‘z ustida yanada ko‘proq ishlagandir. Hozirgi zamonaviy futbolda murabbiydan ko‘p bilim va intellektual holatlarni talab qiladi.

Murabbiyning ishiga qachon baho beriladi? Albatta, jamoasining o‘yini va natijasiga qarab baho beriladi. Tabiiyki, “Turon”ga befarq emasmiz. G‘alabalar qozonib Superligada qolishini chin dildan xohlayman. Yangi murabbiyga jamoadagi faoliyatiga omad tilayman, - dedi Islom Ismoilov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
25/06/2021 17:30
Исломжон дадажонингиз билан сокка чикадиган жамоа ахтараверинглар отангиз нечта командани охирги сувигача симириб булдику , Турон ни супер лигага чикиши хам сиз оркали жамоани кандай бошкариб юрганлари хам халк орасидаги купчилик мухлисларга маълум пул яхшиликка олиб бормайди огаини сог булинглар