"Turon"ning Toshkentdagi yig‘ini yakunlandi

  • 17 fevral, 2022, 17:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Anvar Berdiev bosh murabbiyligidagi “Turon” jamoasi 8 fevral sanasidan Toshkent shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga kirishishgandi.

Tecno

Rejaga ko‘ra, kuni kecha mazkur yig‘in doirasida "Lokomotiv" klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazildi. Ushbu o‘yin poytaxtimizda tashkil etilgan yig‘in doirasidagi so‘nggi bahs bo‘ldi va jamoa a’zolari bugundan yana Qo‘qon shahriga qaytishdi.

Endilikda mavsumning qolgan qismiga tayyorgarlik jarayoni klubning Yaypan shahridagi qarorgohida davom ettiriladi. Mavsum startiga qadar bir qator nazorat uchrashuvlarini ham o‘tkazish rejalashtirilgan, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!