“Turon”ning uy uchrashuvi jonli efirda ko‘rsatilmaydi! Sababi...
Xabaringiz bor, bugun Pro-ligada 2-turga start beriladi. Jumladan, "Turon" o‘z maydonida "Aral Samali"ni qabul qiladi.
Ushbu uchrashuv Futbol TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi rejalashtirilgan edi. Biroq noqulay ob-havo sharoiti tufayli "Qamchiq" davonining yopilishi sabab telekanalning ko‘chma televizion stantsiyasi ushbu uchrashuvga etib bora olmasligi ma’lum qilindi.
"Favqulotda vaziyatlar vazirligi noqulay ob-havo sharoiti sabab Qamchiq dovonida tosh ko‘chish xavfi borligini ma’lum qildi va dovondagi mashinalar harakatini no‘malum muddatga chekladi.
Hozirda UzReport TV ko‘chma televizion stansiyasi Angrenda bo‘lib turibdi. Uchrashuv 17:50 da start olishini, yo‘lning tirbandligini hisobga olib, televidenie stansiyasi “Turon” — “Aral Samali” uchrashuviga etib bora olmaydi", - deyiladi telekanal xabarida.



Fikrlar