Tuxel bu darvozabonga ishonmayapti

  • 28 aprel, 2023, 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yan Zommer yozda “Bavariya”ni tark etishi mumkin. Abendzeitung nashri jurnalisti Maksimilian Koxning yozishicha, “Bavariya” Yan Zommerning o‘yinidan norozi.

Tecno

Myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel keyingi mavsumda asosiy darvozabon sifatida Manuel Noyerga umid bog‘lamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Zommer zaxira darvozabon bo‘lishni istamayapti. Shuning uchun shveytsariyalik posbon hozirdan jamoasini o‘zgartirish haqida o‘ylay boshladi.

Jahon chempionatidan keyingi ta’til paytida olgan jarohatidan tiklanayotgan Manuel Noyer esa yaqin 1-2 oy ichida mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin. Tajribali posbon hozirda yakka tartibda shug‘ullanmoqda. U iyul oyida umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Zommer joriy mavsum "Bavariya" safida Bundesligada jami 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning bor yo‘g‘i 7 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!