Tuxel “Chelsi”ni yangilaydi. 260 mln funtga kimlar olinadi?
“Chelsi”ni qabul qilib olganidan keyin jamoa o‘yinini kuchaytira olgan Tomas Tuxelga klub prezidenti Roman Abramovich transferlar uchun katta mablag‘ ajratishga qaror qildi.
Xabarlarga qaraganda, yozda germaniyalik mutaxassisi o‘zi istagan futbolchilarni olish uchun 260 million funtga ega bo‘ladi.
Taklif etiladigan futbolchilarning hammasi Bundesliga yulduzlari hisoblanadi. Xususan, londonliklarning asosiy transfer nishoni “Borussiya” to‘purari Erling Xoland bo‘ladi. Shuningdek, ro‘yxatga “Bavariya” yulduzlari David Alaba va Niklas Zyule ham kiritilgan.
O‘z navbatida, Tuxel klubni tark etishi kerak bo‘lgan o‘yinchilarni ham aniqlab oldi. Unga ko‘ra, Ben Chiluell, Kristian Pulishich, Emerson, Olive Jiru, Jorjino kabi yana bir necha futbolchi yozda o‘ziga yangi jamoa qidirishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar