Tuxel Dembeleni PSJga o‘tishga ko‘ndirmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi PSJdan Usmon Dembelening transferiga Neymarni qo‘shishni taklif qilmoqda.
Aytish kerakki, 22 yoshli frantsiyalik futbolchining Parijga ko‘chib o‘tishini shaxsan jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel xohlamoqda. Bundan avvalroq Dembele “Barselona”dan ketishni xohlamasligi haqida xabar berilgan edi. Biroq, germaniyalik mutaxassis uni PSJga o‘tishga ko‘ndirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Dembele o‘z vaqtida “Borussiya” Dortmund safida aynan Tuxel qo‘l ostida to‘p surgan.

Fikrlar