Tuxel o‘ziga qarshi chiqqan yana bir iste’dodni so‘ndirmoqda

  • 17 iyul, 2021, 22:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasidagi g‘alabadan so‘ng o‘ziga ishonchi ortgan Tomas Tuxel “Chelsi”ni o‘ziga yoqmaydigan futbolchilardan tozalamoqda.

Tecno

Avvalroq, germaniyalik mutaxassis Ross Barkli va Ruben Loftus-Chikka ishonch bildirmasligini ma’lum qilgandi. Endi Tuxel iste’dodli yosh hueumchi KAllum Xadson-Odoining ketishini talab qilyapti.

Yaqinda futbol va murabbiyning munosabati buzilgandi. O‘shanda Kallum murabbiyning talabini bajarishdan bosh tortgan va tezda zaxiraga olingan edi.  Haligacha vaziyat yaxshilangani yo‘q.

Tomas Tuxel ish jarayonida futbolchilarning axloqi bilan shug‘ullanishga vaqt ajratmoqchi emas. U faqatgina o‘ziga so‘zsiz bo‘ysunadigan o‘yinchilar bilan ishlashni ma’qul ko‘rmoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!