
Tuxel PSJdan ketishdan oldin xizmatkoriga juda katta yaxshilik qilgani ma’lum bo‘ldi
Germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel PSJdan ketishdan oldin o‘z uyida xizmatchilik qilib kelgan ayolga katta yordam bergan.
RMC Sport nashrining yozishicha, Tuxel xizmatkor ayolning farzandiga yurak operatsiyasi uchun to‘lovni amalga oshirgan. Bundan tashqari u asli kelib chiqishi filippinlik bo‘lgan ushbu ayolga o‘z vatanidan uy ham sovg‘a qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Tuxel PSJni 2020 yilning dekabrida tark etgan va “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan edi. U “aristokratlar” bilan o‘tkazgan debyut mavsumidayoq UEFA Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi.
Fikrlar