Tuxel PSJga “Chelsi”ning to‘rt yulduzini olib keladi

  • 24 fevral, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Evropa matbuotida PSJ rahbariyati jamoa boshqaruviga Tomas Tuxelni qaytarishi mumkinliga haqidagi xabarlar ko‘payib bormoqda. Aslida germaniyalik mutaxassisning Parijdan ketishiga o‘sha davrdagi sport direktori Leonardo bilan yuzaga kelgan ziddiyat sabab bo‘lgandi.

Endi Leonardo klubda yo‘q. O‘rnini egallagan Luish Kampush Tuxel bilan ishlashga tayyor.

Manbalarning ta’kidlashicha, agar Tomas Tuxel PSJni qabul qilib oladigan bo‘lsa, sobiq jamoasi “Chelsi”dan to‘rt nafar futbolchini olib keladi.

Express nashri “aristokratlar”ning yangi bosh murabbiy Grem Potterga to‘g‘ri kelmayotgan hujumchi Per-Emerik Obameyang, hujumkor futbolchi Hakim Ziesh, yarim himoyachilardan Meyson Maunt va  Mateo Kovachich Parijga ko‘chib kelishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!