Tuxel: Qilgan ishimdan pushaymon emasman!

  • 17 dekabr, 2021, 20:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel iste’dodli yarim himoyachi Konor Gallaxerga asosiy tarkibdan joy bermay, 22 yoshli futbolchini ijaraga jo‘natib yuborgani to‘g‘ri bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Tecno

Gallaxer “Kristal Pelas” safida zo‘r o‘ynayopti va oltita gol bilan jamoa to‘purariga aylanib oldi.

Tuxel esa, maydon markazidagi o‘yinchilar Ngolo Kante, Jorjino va Mateo Kovachich ko‘p jarohat olayotgani bois, kadrlar muammosiga duch kelyapti.

- Men qilgan ishimdan umuman pushaymon emasman, chunki bu futbolchi uchun eng to‘g‘ri qaror bo‘lib chiqdi. Yozda eng muhimi o‘yinchiga ideal variant tanlash edi. Amalda shunday bo‘lib chiqdi. Qolaversa, iyuldagi qaror bugungi kunga to‘g‘ri kelmaydi.

Qaror qabul qilib bo‘lingan va u Konorning foydasiga ishlaganidan xursandmiz. Ha, maydon markazida muammomiz bor, unga echim topish kerak, lekin bunga Gallaxerning daxli yo‘q, - dedi Tomas Tuxel.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!