Tuxel “Real” yulduzini chaqiryapti

  • 30 iyun, 2021, 21:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel mudofaa chizig‘ini mustahkamlash maqsadida “Real”dan ketish payida yurgan Rafael Varanni Londonga ko‘chirib kelmoqchi.   

Tecno

Bosh murabbiy talabiga ko‘ra, klub mutasaddilari frantsiyalik himoyachining agentlari bilan uchrashdi. 

Rafael Varanga “Manchester Yunayted” ham anchadan beri ko‘z tikmoqda va yozda uni olish uchun rasmiy taklif yuborishi kutilyapti.

“Real” bu himoyachini osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Varan madridliklarning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qilmayapti. Shu bois “Qirollik klubi” 28 yoshli o‘yinchisini 70 million evroga baholayapti.

Agar Varanni olish imkoni bo‘lmasa, Tomas Tuxel “Vilyarreal” etakchisi Pau Torresni transfer qilishga urinib ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!