
Tuxel sobiq shogirdini "Bavariya"ga olib kelmoqchi edi
"Bavariya" Kim Man Jeni sotib oldi. Uning transferi klubga million 50 million evroga tushdi. Agarda myunxenliklar Janubiy koreyalik futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olmaganda, boshqa variantlarni ko‘rib chiqqan bo‘lar edi.
"Sport1" nashri xabar berishicha, "Chelsi" futbolchisi Uesli Fofana "Bavariya"ga taklif qilingandi. Tomas Tuxel frantsiyalik himoyachini jamoaga olib kelishni istaydi, lekin u juda qimmat.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi o‘tgan yili "aristokratlar" safiga "Lester"dan 80 million evaziga o‘tgan.
Fikrlar