
Tuxel: "Havotirli holat"
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Real"dan uchralgan mag‘lubiyatga (1:3) o‘z munosabatini bildirdi.
"Qabul qilish qiyin bo‘lgan natija. "Stemford Brij"dagi eng yomon mag‘lubiyatlardan biri. Biz o‘z darajamizda o‘ynamadik. Shu tufayli hech qanaqasiga shikoyat qila olmaymiz.
Optimal holatimizga qaytishimiz lozim. Birinchi bo‘lim "Brentford"ga qarshi o‘yindagi ikkinchi taymning takrori bo‘ldi.
Tanaffusda taktikani o‘zgartirdik va hamma narsani to‘g‘rilamoqchi bo‘ldim. "Real"ning zaif tomonlari ko‘p deb o‘yladim, ammo o‘zimizning o‘yinimiz talab darajasida emasdi.
Bularning barchasini 5 kun avval muhokama qilgandik. Besh kunda 7 ta gol o‘tkazib yubordik. Hech narsa o‘zgarmadi. Havotirli holat", - dedi Tuxel.
Fikrlar