
Tuxelga yoqadigan futbolchi “Chelsi”dan ketib qolishni o‘ylayapti
Tomas Tuxel “Chelsi”ni Evropa Chempionlar ligasi chempioniga aylantirganidan keyin yangi o‘yinchilar olishdan tashqari hozirgi tarkibdan o‘zining ishonchini oqlaganlarini ham olib qolishni so‘ragan.
Ana shunday futbolchilardan biri germaniyalik himoyachi Antonio Ryudiger. Klub rahbariyati bosh murabbiy talabiga ko‘ra, bu himoyachiga uzoq muddatli shartnoma tayyorlayapti.
Ryudigerning amaldagi bitimi 2022 yilning yozigacha davom etadi. Lekin unga “Tottenxem” xaridor bo‘lmoqda va tez orada shartnoma taklif qilishga hozirlik ko‘rmoqda.
28 yoshli futbolchi “Chelsi” safida etarli darajada ko‘p o‘ynamayapti. Yakunlangan mavsumda u atigi 19 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol ham urdi. “Tottenxem” Ryudigerga muntazam o‘yin amaliyoti taqdim etishga tayyor.
Fikrlar