
Tuxelning qattiqqo‘lligi "Siti" va "Chelsi"ga muammo keltirishi mumkin
Tomas Tuxel Angliya terma jamoasi o‘yinchilarini KJCh tufayli ertaroq qo‘yib yubormaydi. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar bermoqda.
Dastlab, Klublararo jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilar 7 iyunda Andorraga qarshi 2026 yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinidan so‘ng terma jamoa safini tark etishi kutilayotgan edi. Biroq, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel futbolchilarni 10 iyunda – AQShda o‘tkaziladigan KJCh boshlanishiga 4 kun qolganida Senegalga qarshi o‘rtoqlik uchrashuviga olib qoladi.
Klublararo jahon chempionatida Angliya nomidan ikkita klub – "Chelsi" va "Manchester Siti" ishtirok etmoqda. Londonliklar turnirdagi birinchi o‘yinini 16 iyunda, "shaharliklar" esa 18 iyunda o‘tkazadi.
Shunday qilib, agar Tuxel o‘z qarorini o‘zgartirmasa, Angliya terma jamoasiga chaqirilgan "Chelsi" futbolchilari Klublararo jahon chempionatidagi ishtiroklari boshlanishidan 5 kun oldin klub ixtiyoriga qaytib keladi. Bundan tashqari, "aristokratlar" 28 may kuni Konferentsiyalar ligasi finalida ham qatnashishi mumkin.
Fikrlar