U-17 Jahon chempionati. O‘zbekiston Angliyani yutsa, keyingi raqib kim bo‘ladi? (Pley-off taqvimi)
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining guruh bosqich o‘yinlari yakuniga etdi. "B" guruhidan joy olgan O‘zbekiston terma jamoamiz 3-o‘rin bilan pley-off masalasini hal qildi.
6 ta guruh ichida eng yaxshi 4 ta 3-o‘rindagi termalar keyingi bosqichga chiqishidan xabaringiz bor. Vakillarimiz ushbu jadvalda 3-pog‘onada qayd etildi va nimchorak finalda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, hamyurtlarimiz 1/8 final bosqichida Angliya bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. Evropaliklar "S" guruhida peshqadam sifatida bu bosqichga etib keldi.
Agar Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari angliyalik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratsa, chorak finalda Frantsiya - Senegal uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Chorak finalda ham vakillarimiz nominal mehmon sifatida to‘p tepadi.
Eslatib o‘tamiz, nimchorak finaldan o‘rin olgan Angliya - O‘zbekiston o‘yini 22 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 13:30 da start oladi.




Fikrlar