U-17 Jahon chempionati. O‘zbekiston Kanadaga qarshi to‘liq oq libosda harakat qiladi

  • 12 noyabr, 2023, 11:35
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kanadaga qarshi to‘liq oq libosda o‘ynaydi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ertaga U-17 Jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi 2-uchrashuvini o‘tkazadi. Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa to‘q sariq libosda harakatlanadi.

Uchrashuvni boliviyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Ivo Mendez, unga qanotlarda hamyurtlari Alberto Karlos va Rojer Apaza yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Toriq Munirga (Indoneziya) topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Kanada o‘rtasidagi o‘yin 13 noyabr soat 17:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
12/11/2023 15:37
Ок буричалар.