U-17 Jahon chempionati. Uganda — Frantsiya uchrashuvi o‘zbekistonlik hakamlarga ishonib topshirildi
Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar brigadasi U-17 Jahon chempionati 3-tur bahsida navbatdagi o‘yinni boshqarishadi.
Hakamlarimiz 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Uganda — Frantsiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda faoliyat olib borishadi.
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G‘iyosov
Bu haqda O‘zFHM rasmiy kanali xabar berdi.



Fikrlar