
U-23 OCh saralashi. Tojikiston Hindistonni mag‘lub etdi
Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida kechgan uchrashuvda qo‘shnilarimiz 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Sharafjon Solexov va Daler Yodgorovlar mualliflik qilishdi.
Shu tariqa Hindiston olimpiya terma jamoasi ikki uchrashuvda ham mag‘lub bo‘lib, guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi. Tojikiston esa 26 mart kuni Lyubinko Drulovich boshliq O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Aynan mazkur bahsda qayd etiladigan natija guruh g‘olibini aniqlab beradi.
Fikrlar